TEAM HUB

Biz sizning biznes g‘oyangizni birgalikda hayotga tatbiq etamiz.

BIZ HAQIMIZDA / TEAM HUB NIMA?

TEAM HUB – yosh tadbirkorlar uchun g‘oyalari va rejalarini haqiqatga aylantiradigan noyob loyiha. Biznes atmosferasini yaratib, kuchli mentorlar va resurslarni taqdim etamiz. Maqsadimiz – yosh avlodning ijodkorlik va tadbirkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatga hissa qo‘shishdir.

MUAMMO

Bugungi kunda ko‘plab yosh tadbirkorlar g‘oyalarni amalga oshirishda moliyaviy va amaliy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tajribali mentorlar yordamidan mahrum. Ularning potentsiali ko‘pincha resurslarning yetishmasligi yoki o‘z imkoniyatlarini qanday amalga oshirishni bilmaslik sababli so‘nib qoladi.
AFZALLIKLARIMIZ/SIZGA NIMA TAKLIF QILAMIZ?
Bizning maqsadimiz yosh tadbirkorlarni qo'llab quvvatlash.
  • TAJRIBALI MENTORLAR
    Har bir ishtirokchi tajribali mentorlarning shaxsiy e’tiboriga ega bo‘lib, ular bilan g‘oyalarni rivojlantirish va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda maslahat oladi.
  • BIZNES MUHIT
    Hubda professional va ijodiy muhit yaratilgan bo‘lib, bu ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini ilhom bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.
  • NETWORKING
    Hamfikr tadbirkorlar, potentsial investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan tanishish uchun qulay imkoniyat.
  • REALIZATSIYA (MVP)
    Har bir loyiha rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi: biznes g‘oyasini ishlab chiqish, MVP yaratish, landing page va ijtimoiy media strategiyasini tayyorlash, mijozlar bilan ishlash va o'sish.
  • MUKOFOTLAR
    Loyiha davomida moliyalashtirish va mukofotlar olish uchun yo‘naltirilgan ko‘mak beriladi.
  • AMALIY YORDAM
    Har bir ishtirokchi g‘oyalarni amalda sinovdan o‘tkazish, foydalanuvchilardan fikr olish va bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur sharoitlarga ega bo‘ladi.
MAQSADGA QANDAY ERISHAMIZ?
TEAM HUB’da biz tadbirkorlik g‘oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich yondashuvni qo‘llaymiz. Jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Jarayon davomida mentorlik

Jarayonning har bir bosqichida sizni tajribali mentorlar qo‘llab-quvvatlaydi, shaxsiy maslahatlar beradi va har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi.

TEAM HUB MENTORLARI
Real biznes loyihalarda real tajriba yig'gan mentorlarimiz bilan tanishing.
  • Azamat Nurmatov
    Team University dekani
  • Mihail Tsaryov
    Biznes va boshqaruv tadqiqot markazi direktori
  • Arsen Dlyanchev
    Unique Present Media Holding asoschisi va rahbari
  • Laziz Adhamov
    tadbirkor, "LINKO" asoschisi
  • Muzaffar Qosimov
    HM Partners kompaniyalar guruhining hammuassisi
  • Hikmat Abdurahmonov
    tadbirkor, "TEAM UNIVERSITY" asoschisi
MA'LUMOTLARINGIZNI QOLDIRING VA BIZ SIZ BILAN BOG'LANAMIZ
Kelajagingizni birga quramiz.
Kontaktlar

Temur Malik ko'chasi 146, 100050, Тоshkent
telefon: +99894 608 38 05
Made on
Tilda